Sport
Shomurodov dubl qayd etgan o‘yinda “Boshoqshehir” yirik hisobda g‘alaba qozondi
Eldor Superligadagi gollari sonini 20 taga yetkazib oldi va 22 gol bilan to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilayotgan «Trabzonspor» hujumchisi Pol Onuachuni ta’qib qilmoqda
Turkiya Superligasi 31-turi doirasida “Istanbul Boshoqshehir” o‘z maydonida “Qosimposho” jamoasini qabul qildi.
Mezbonlarning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov uchrashuvning 5-daqiqasida hisobni ochdi. Bertug‘ Yildirim (22) va Devi Zelke (81) hisobni yiriklashtirgan bo‘lsa, mezbonlarning so‘nggi goliga ham Shomurodov mualliflik qilib, dublga erishdi.
Endilikda Eldorning Superligadagi gollari soni 20 tani tashkil etmoqda va 22 gol bilan to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilayotgan «Trabzonspor» hujumchisi Pol Onuachuni ta’qib qilmoqda.
Jamoaning o‘zbekistonlik yana bir a’zosi Abbos Fayzullayev esa jarohati sababli maydonga tushirilmadi.
“Istanbul Boshoqshehir” turnir jadvalida 31 o‘yinda 51 ochko jamg‘arib, 5-o‘rinda bormoqda. Undan bir pog‘ona yuqorida joylashgan “Beshiktosh” hisobida 30 o‘yindan so‘ng 55 ochko bor.