Jamiyat

Shimoliy vokzal oldidagi yerosti tunnelida Gentra yonib ketdi

Published

on


Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Gentra avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi.

26 iyun kuni soat 11:29 da  Toshkent shahar Yashnobod tumani, Shimoliy vokzal oldidagi yerosti tunnelida avtomobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 11:37 da yetib borib, yong‘in soat 11:40 da o‘chirildi.

Aytilgan manzilda Gentra rusumli avtomobil yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version