Jamiyat

Shavkatjon Turdimov yuqori lavozimga tayinlandi

Published

on


Shavkatjon Turdimov Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent viloyati boshqarmasini boshqaradi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi. 

Turdimov Shavkatjon Akbutayevich – Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

Shavkat Turdimov 1980-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy, 2006-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. 

Tayinlovga qadar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version