Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga yetib bordi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tokio shahriga keldi.

«Xaneda» xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vaziri Yoshimasa Xayashi va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 19-20-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya Imperatori Naruxito, Bosh vaziri Sanae Takaichi va boshqa rasmiylar, ishbilarmon doiralar hamda akademik hamjamiyat vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Shuningdek, O‘zbekiston yetakchisi «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqotining birinchi sammitida ishtirok etadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version