Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga jo‘nab ketdi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir Sanae Takaychining taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga jo‘nab ketdi.

Dasturga ko‘ra, Prezident Mirziyoyev Tokioda Yaponiya imperatori Naruxito va bosh vazir Sanae Takaychi, shuningdek, parlament va hukumat yuqori mansabdor shaxslari, siyosiy partiyalar vakillari, yetakchi universitetlar prezidentlari bilan uchrashadi.

O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, sarmoyaviy va texnik hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.

Prezidentning “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining birinchi sammitida ham ishtirok etishi rejalashtirilgan. Yaponiya ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuvlar bilan bir vaqtda tegishli tadbirlar ham rejalashtirilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version