Siyosat

Shavkat Mirziyoyev va Saudiya Valiahdi telefon orqali suhbatlashdi

Published

on


29-mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, suhbat avvalida ikki davlat rahbarlari bir-birlarini Ramazon hayiti – Iyd al-Fitr munosabati bilan samimiy qutladi. Bu muloqot do‘stona va ishonchli ruhda o‘tgani qayd etildi.

Muzokaralar davomida Yaqin Sharq mintaqasida kuzatilayotgan keskin vaziyat muhokama qilindi. Tomonlar qarama-qarshiliklar kuchayib borayotganidan xavotir bildirdi va bu holatni bartaraf etish zarurligini ta’kidladi.

Davlat rahbarlari ziddiyatlarning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim ekanini qayd etdi. Bunday harakatlar nafaqat mintaqadagi davlatlar, balki global barqarorlikka ham ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston bunday sinovli davrda Saudiya Arabistoni rahbariyati va xalqi bilan birdam ekanini bildirdi. Shuningdek, Podshohlikning vazmin va oqilona siyosatini qo‘llab-quvvatlashini qayd etdi.

Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoyev Umra amallarini bajarayotgan o‘zbekistonliklarga yaratilayotgan sharoitlar uchun Podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va Valiahdga minnatdorlik izhor etdi.

Muhammad bin Salmon Ol Saud O‘zbekiston Prezidentining samimiy qo‘llab-quvvatlovini yuksak qadrlashini ta’kidladi. U ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash muhimligini qayd etdi.

Tomonlar ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun oliy darajadagi muloqotlarni faollashtirishga kelishib oldi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version