Siyosat

Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Published

on


Turkiston shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Samimiy muloqotda O‘zbekiston – Qirg‘iziston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro savdo hajmi jadal o‘sib, sanoat, qishloq, suv xo‘jaligi va boshqa ustuvor sohalarda kooperatsiya loyihalari ilgari surilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Madaniy-gumanitar almashinuvlar kengayib bormoqda.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari, energetika va transport sohalaridagi yirik mintaqaviy loyihalarni, shu jumladan, «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishini jadallashtirish choralari muhokama qilindi.

Shuningdek, yetakchilar mintaqaviy kun tartibining muhim jihatlari yuzasidan fikr almashdilar va bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version