Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga boradi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi. 

Prezident Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 22-avgust kuni “Ozarbayjon – Turkmaniston – O‘zbekiston” formatidagi uch tomonlama sammitda ishtirok etadi.

“Avaza” milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadigan tadbir kun tartibiga muvofiq, ko‘p tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika va gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Qator qo‘shma hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Davlatimiz rahbari sammit doirasida ikki tomonlama muzokaralar ham o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, 4-6-avgust kunlari ham prezident ushbu mamlakatda bo‘lgandi. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version