Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga ta’ziya bildirdi

Published

on


Shavkat Mirziyoyev Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga hamdardlik bildirdi. 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasining Denizli viloyatida yo‘lovchi avtobusi halokatga uchragani oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga ta’ziya yo‘lladi. 

Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatlarda shifo topishini tiladi.

Eslatib o‘tamiz, Denizlidagi avtobus halokatida sakkiz kishi vafot etdi. Ular orasida bir nafar bola ham bor. Yana bir necha kishi jarohatlandi. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version