Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

Published

on


Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik bildirdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xunan provinsiyasidagi sanoat korxonasida yuz bergan fojia oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi. 

Davlat rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik so‘zlarini yo‘llab, jarohatlanganlar tez fursatda shifo topishini tiladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Xitoyning Hunan provinsiyasi markazidagi Liuyan shahridagi feyerveyk fabrikasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 26 kishi qurbon bo‘ldi, yana 61 kishi jarohat olgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version