Siyosat

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga keldi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir Sanae Takaychining taklifiga binoan 18-20 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan Yaponiyada boʻlib, “Markaziy Osiyo + Yaponiya” I sammitida ishtirok etadi.

Tashrif dasturiga koʻra, Tokioda Yaponiya imperatori Naruxito, Bosh vazir Sanae Takaychi, Diet rahbariyati, hukumat aʼzolari, siyosiy partiyalar vakillari, yetakchi universitetlar prezidentlari bilan uchrashuv va anjumanlar oʻtkazish rejalashtirilgan.

Kun tartibida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.

Ishbilarmonlik dasturi doirasida Yaponiyaning yirik kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari ishtirokida anjuman va tadbirlar ham rejalashtirilgan. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va investitsiya loyihalarini ilgari surish masalalari muhokama qilinadi. Ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli paketi qabul qilinishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti sammitining birinchi yig‘ilishida ham ishtirok etadi. Ushbu tadbir doirasida ishtirokchilar yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish, aloqa va mintaqaviy sheriklikni mustahkamlash, inson kapitalini rivojlantirish kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlik istiqbollarini muhokama qiladilar.

Sammit Tokio deklaratsiyasining qabul qilinishi bilan yakunlanishi rejalashtirilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version