Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Putinga tabrik yo‘lladi

Published

on


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni va do‘st Rossiya xalqini milliy bayram — Rossiya kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.

Davlat rahbari tabrik maktubida ushbu sana rus xalqining boy ma’naviy merosi hamda har tomonlama taraqqiyot sari intilishini o‘zida aks ettirishini ta’kidlagan.

Shu jumladan, hududlararo hamkorlik, savdo-iqtisodiy aloqalar va gumanitar sohadagi munosabatlar yangi sur’at kasb etayotgani qayd etilgan.

Ta’kidlanishicha, yaqinda Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar ham ikki davlat o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik munosabatlarini yana bir bor tasdiqladi.

«Ishonamanki, erishilgan kelishuvlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida ko‘p qirrali sheriklikning ulkan salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi», deyiladi tabrik xatida.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version