Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidenti va bosh vaziriga ta’ziya bildirdi

Published

on


Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidenti va bosh vaziriga ta’ziya bildirdi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Islomobod shahridagi masjidda sodir bo‘lgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani hamda jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy va Bosh vaziri Shahboz Sharifga ta’ziya yo‘lladi. 

Davlatimiz rahbari Pokiston xalqiga, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Islomoboddagi masjidda portlash ro‘y berdi, oqibatda kamida 31 kishi halok bo‘ldi. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version