Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Pekinda Putin bilan uchrashdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekinda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvni o‘tkazdi.
Rossiya yetakchisining yordamchisi Yuriy Ushakovning aytishicha, tomonlar ikki tomonlama masalalar va hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.
Bir kun avval Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Tyantszin shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida qisqacha suhbatlashgan edi.
Endi ular Pekinda uchrashishdi va u yerga 3 sentyabrga rejalashtirilgan harbiy paradda qatnashishadi.