Siyosat
Shavkat Mirziyoyev noyabrda Tramp bilan uchrashadi
Shavkat Mirziyoyev noyabrda AQShga boradi.
AQSh prezidenti Donald Tramp shu yilning 6-noyabr kuni Vashingtonda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Qo‘shma Shtatlar liderlarining S5+1 formatidagi sammitiga mezbonlik qiladi.
AQShning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor hamda Davlat kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau Toshkentga keldi. Ular shuningdek, Qozog‘istonga ham borishadi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Donald Trampga taklif uchun minnatdorchilik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev sentyabr oyida ham Donald Tramp bilan uchrashgandi.