Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Minskda Lukashenko bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi
Minskka rasmiy tashrif doirasida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko norasmiy uchrashuv o‘tkazdilar.
Belarus yetakchisi davlatimiz rahbarini samimiy qutlab, tashrif uchun minnatdorlik bildirdi. Prezidentlar bo‘lajak muzokaralar kun tartibi yuzasidan fikr almashdilar.
Tashrif arafasida bo‘lib o‘tgan tadbirlar, shu jumladan, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokidagi Hududlararo forum yakunlari yuqori baholandi.