Sport

Shavkat Mirziyoyev FIFA prezidentini «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi

Published

on


O‘zbekiston rahbari «o‘zbek futbolini rivojlantirish va xalqaro maydonda ilgari surishga qo‘shgan shaxsiy hissasi» uchun FIFA rahbari Janni Infantinoga davlatning yuksak mukofoti – «Do‘stlik» ordenini topshirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 sentabr kuni Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino bilan uchrashdi.

FIFA prezidenti O‘zbekiston yetakchisi va xalqini tarixiy voqea – milliy terma jamoani 2026 yilda AQShda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatining final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi.

O‘zbekistonning ushbu nufuzli xalqaro tuzilma bilan, eng avvalo, futbolni tashkil etish va boshqarish tizimini takomillashtirish, yosh iste’dodlarni yuzaga chiqarishga ko‘maklashish, murabbiylar, hakamlar, menejerlar, sport shifokorlari va texnik mutaxassislarni xalqaro darajada tayyorlash borasidagi sermahsul hamkorligini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Futbolni, birinchi navbatda, yoshlar o‘rtasida ommalashtirish bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirishda yaqindan hamkorlik qilinayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun FIFA mintaqaviy ofisini ochish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Uchrashuv yakunida Mirziyoyev o‘zbek futbolini rivojlantirish va xalqaro maydonda ilgari surishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun FIFA rahbari Janni Infantinoga davlatning yuksak mukofoti – «Do‘stlik» ordenini topshirdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version