Siyosat
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga boradi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 29 may kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi.
Mamlakat yetakchisi Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi tadbirlarida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etadi.
Sammit kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Amaliy sheriklikning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi.