Mahalliy
Seysmik faol zonalarda binolarni loyihalashtirish tartibi belgilandi
Hukumatning joriy yil 17-noyabrdagi «Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 727-son qarori bilan 2025-yil 1-dekabrdan zilzilalar kuchini ko‘rsatib beruvchi mintaqaviy akselerogrammalar bazalaridan kelib chiqib loyihalashtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
2027-yil 1-oktyabrga qadar MSK-64 shkalasi bo‘yicha 8 va undan yuqori balli seysmik faol zonalarda maxsus seysmik himoyalash uskunalari yordamida loyihalashtirishga ustuvorlik beriladigan ob’yektlar turlari tasdiqlanadi.
2026-yil 1-fevraldan esa:
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktyabrdagi 603-son qarori asosida beriladigan zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosa uchun undiriladigan to‘lov miqdori 50 foizga qisqartiriladi;
bir xil seriyali ob’yektlarga ilmiy xulosalar faqat 1 marotaba to‘lov asosida beriladi, qolgan shu turdagi ob’yektlarning loyihalariga ilmiy xulosa berish uchun to‘lov undirilmaydi.
Zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar berish “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga integratsiya qilinadi.