Jamiyat

Sergelida YTH: “Matiz” va Hongqi to‘qnashdi

Published

on


Toshkent shahar Sergeli tumanida 2026 yil 19 fevral kuni “Matiz” va Hongqi rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar qayd etilmadi.

Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, voqea soat 07:30 larda Sergeli tumanidagi Mirzo Tursunzoda — Lutfikor ko‘chalari chorrahasida yuz bergan. Unda “Matiz” va Hongqi o‘zaro to‘qnashgan.

Qayd etilishicha, YTH natijasida jabrlanganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version