Iqtisodiyot

Sergelida yirik quruq port loyihasi amalga oshiriladi

Published

on


O‘zbekiston prezidentining AQShga tashrifi doirasida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlar mamlakatimizda tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xorijiy investitsiyalarni jalb etish borasida yangi istiqbollarni ochib berdi.

Foto: Sergeli tuman hokimligi

Xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirishning yakuniy bosqichi doirasida Sergeli tumani hokimi Davron Ismatov hamda AQShning Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasi (DFC) vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda amaliy hamkorlikka oid muhim kelishuvlarga erishilgani qayd etildi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur hamkorlik doirasida Sergeli tumanidagi First dry port terminal bilan birgalikda yirik quruq port loyihasini amalga oshirish belgilandi. Ta’kidlanishicha, ushbu tashabbus DFC korporatsiyasi uchun O‘zbekistondagi ilk loyiha hisoblanadi.

Qayd etilishicha, loyiha hududda iqtisodiy faollikni oshirish, shuningdek, ko‘plab yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi. Loyihaning muvaffaqiyatli ishga tushirilishi esa mahalliy mahsulotlarni Yevropa davlatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berilish hajmini oshirish va xalqaro tovar ayirboshlashni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarishga xizmat qilishi kutilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version