Jamiyat
Sergelida Mercedes-Benz avtobusida yong‘in chiqdi
Toshkent shahrida 194-yo‘nalishda harakat qiluvchi avtobus yonib ketdi. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
Foto: Toshkent shahar FVBB
18 fevral kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar qildi shahar FVBB.
Qayd etilishicha, shahar FVBBga yong‘in haqidagi xabar soat 12:02 da kelib tushgan. Qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 12:07 da yetib borib, yong‘in soat 12:09 da o‘chirilgan.
Aytilgan manzilda 4-avtosaroyga qarashli avtobus yonib zararlangani aniqlandi. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
«Ko dnu» Telegram kanalining yozishicha, avtobus 194-yo‘nalishda harakat qiluvchi Mercedes Benz LF bo‘lgan.