Jamiyat
Sergeli tumaniga yangi hokim tayinlandi
Ismatov Davron Rahimjonovich Sergeli tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Davron Ismatov 1982-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Ma’lumoti oliy – Toshkent moliya instituti hamda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida tahsil olgan.
2024-yil fevral oyidan Markaziy bank Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Avval bu lavozimda Elbek Shukurov ishlab kelayotgandi.