Jamiyat

Sergeli tumanida Salar kanali ustidan yangi ko‘prik quriladi

Published

on


Yuqori Darxon va Junariq mahallalari tutashgan hududdan o‘tuvchi Salar kanalidagi muammoli vaziyat yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlardan so‘ng rasmiy izoh berildi. Mazkur hududdagi ko‘prikni qayta qurish uchun 1 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, hozirda pudratchi tashkilotni aniqlash jarayonlari olib borilmoqda.

“Yuqori Darxon” va “Junariq” MFY tutashgan hududdan oqib o‘tuvchi Salar kanalidan kelib chiqqan muammoli vaziyat haqida ijtimoiy tarmoqlarda bir qator xabarlar tarqalgan. Shuni inobatga olgan holda Sergeli tuman hokimligi tomonidan rasmiy ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, mazkur hududdagi ko‘prikni qayta qurish bo‘yicha loyiha uchun 1 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan, loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlangan. Hozirda amaldagi tartibga muvofiq pudratchi tashkilotni aniqlash jarayoni olib borilmoqda.

Loyiha buyurtmachisi sifatida Qapital qurilish bosh boshqarmasi belgilab qo‘yilgan bo‘lib, ishlar qisqa muddatlarda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Yangi ko‘prik qurilishi doirasida aholi uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida piyodalar yo‘laklari barpo etish, shuningdek, yo‘l qoplamasini ta’mirlash ham rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, qurilish boshlangunga qadar Salar kanali Kanallar boshqarmasi tomonidan muntazam ravishda tozalanib borilishi nazoratga olingan. Barcha ishlar aholining xavfsizligi va qulayligini ta’minlash maqsadida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version