Jamiyat

Sayram ko‘chasida ko‘p qavatli uy xududida yong‘in yuz berdi

Published

on


Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

Kecha, 17 sentabr kuni soat 11:24 da Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, “Sayram” MFY, Sayram ko‘chasida ko‘p qavatli uyning xududida yong‘in ro‘y berganligi to‘g‘risida FVBga xabar qilingan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:29 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 11:36 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida aniqlanishicha, ko‘p qavatli uyning hududida bo‘lgan 5 kv m maydonda penoplast qoldiqlari yongan.

Aytilgan manzildagi yong‘in “Akay city” hududida sodir bo‘lmagani ma’lum qilindi.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version