Dunyodan
Saudiyalik 142 yoshli erkak vafot etdi
Saudiya Arabistonining eng keksa fuqarosi Nosir al-Vadai 142 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi Qatar Tribune.
Qarindoshlarining so‘zlariga ko‘ra, u 1884 yilda, qirollik tashkil etilmasidan avval tug‘ilgan. U Saudiya Arabistoni podshohlari davrida yashagan.
Nosir al-Vaday 40 martadan ortiq haj qilgani aytiladi.
Farzandlari va nevaralarining umumiy soni 134 nafar. Oxirgi marta 110 yoshida turmushga chiqqan va yana farzand ko‘rgan.