Jamiyat

Saudiya podshohi mehmonlari Baytulloh yopinchig‘i – Ka’bapo‘sh tayyorlanish jarayonlari bilan tanishdi (fotoreportaj)

Published

on


Saudiya Arabistoni podshohi mehmonlari – turli davlatlardan chaqirilgan hojilar, jumladan o‘zbekistonlik hojilar ham Muqaddas Ka’ba ustiga yopiladigan yopinchiq – kisva (yoki Ka’bapo‘sh)ning tayyorlanish jarayonlari bilan tanishtirildi.

Ka’bapo‘sh Baytullohga ko‘rsatiladigan e’tiborning alohida ko‘rinishlaridan biri sanaladi.

Ka’ba yopinchig‘ining balandligi 14 metrga yetadi. Uning yuqori qismida eni 95 sm, uzunligi 47 m bo‘lgan matoda Qur’on oyatlari yozilgan. Mato 16 qismga ajratilgan. Ularning har biri turli islomiy naqshlari bilan bezatilgan.

U matoning quyi qismi esa Qur’on oyatlari bilan to‘ldirilgan. Oyatlar orasidagi bo‘sh joylarga esa “Ya Hayy” (Ey, Tirik zot!), “Ya Qayyum” (Ey, Barcha joyda mavjud zot), “Ya Rahim” (Ey Mehribon zot), “Ya Rahmon” (Ey Rahmli zot), “Al-hamdulillah ul-Rabbiyl alamiyn” (Butun olamlarning Egasi Allohga hamd-sanolar bo‘lsin) kalimalari tushirilgan.

Makka shahrida Ka’ba yopinchig‘i – kisvaning ko‘rgazmasini tashkil qilish an’anaga aylangan. Unda kisvani tayyorlashda ishlatiladigan uskunalar, mato va ipak mahsulotlari namoyish etiladi.

Ka’ba yopinchig‘ini tayyorlash uchun Saudiya Arabistoni hukumati 1927 yilda alohida ustaxona tashkil qilgan. Ustaxonada 240 hunarmand va texnik mutaxassislar mehnat qiladi. Hozirgi kunga kelib kisva tayyorlashga 17 million saudiya riyoli (taxminan 4,5 million dollar) sarflanadi.

Kisvaning oltin iplar bilan naqshlar solib tikiladigan matosining o‘ziga 450 kg.dan ziyod ipak ishlatiladi. Har yili ikkita kisva tayyorlanadi. Biri Ka’baning ustiga yopilsa, ikkinchisi, har ehtimolga qarshi saqlab qo‘yiladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version