Jamiyat
Saudiya Arabistonida mushkul ahvolda qolgan ikki fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
Diplomatlar mahalliy hokimiyat va deportatsiya markazi bilan hamkorlikda ularni O‘zbekistonga qaytarish masalasini ijobiy hal qildi.
O‘zbekistonning Jiddadagi Bosh konsulxonasi xodimlari ko‘magida Makka shahridagi deportatsiya markazida saqlanayotgan ikki nafar vatandoshning yurtimizga qaytishi ta’minlandi.
Bosh konsulxona xodimlari hamyurtlarimiz bilan muntazam aloqada bo‘lib, ularga tibbiy yordam, oziq-ovqat, dori-darmon va moddiy yordam ko‘rsatdi.
Diplomatlar mahalliy hokimiyat va deportatsiya markazi bilan hamkorlikda ularni O‘zbekistonga qaytarish masalasini ijobiy hal qildi.
Vatandoshlar “Jazeera Airways” aviakompaniyasi samolyotida Toshkentga yetib keldi.