Iqtisodiyot
Saudiya Arabistoni Toshkentda kabel sanoatiga investitsiya kiritadi
O‘zbekiston delegatsiyasining 27–28 oktyabr kunlari Er-Riyodga ishchi tashrifi yakunida Riyadh Cables Group bilan Toshkent shahrida yuqori voltli kabel mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihaga doir bitim imzolandi. Loyiha qiymati – 122 mln dollar, yillik quvvat – 24 ming tonna, yaratiladigan ish o‘rni – 340 ta.
Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev rahbarligidagi delegatsiya Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid Al-Falix hamda qirollikning yirik kompaniyalari bilan sanoat, energetika, infratuzilma, sog‘liqni saqlash va mehnat migratsiyasida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Kabel sanoati bo‘yicha qo‘shma loyiha: Toshkentda yuqori voltli kabel ishlab chiqarish quvvatlari barpo etiladi (122 mln dollar, 24 ming t/yil, 340 ish o‘rni).
Shuningdek, amaliy harakatlar rejasi tasdiqlandi: energetika, suv ta’minoti, AKT, qishloq xo‘jaligi va infratuzilmaga oid 20 dan ortiq qo‘shma loyiha paketiga kiritildi.