Siyosat
Sardor Umrzoqov Strategik rivojlanish agentligi direktori etib tayinlandi
Sardor Umrzoqov Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident farmoni bilan, Sardor O‘ktamovich Umrzoqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimi tugatildi.
Abdulla Mamasaatovich Abduqodirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Prezident huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori vazifasini bajaruvchisi lavozimidan ozod etildi.