Iqtisodiyot

sanoat, qishloq xo‘jaligi va IT bo‘yicha kelishuvlar

Published

on


O‘zbekiston | 07:28

606

2 daqiqa o‘qiladi

AQShning yetakchi kompaniyalari, investitsiya fondlari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan o‘tkazilgan davra suhbati yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSh savdo vaziri Xovard Latnik ishtirokida ikki tomonlama bitimlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Marosim doirasida quyidagi hujjatlar imzolandi:


Geologiya vazirligi — Denali Exploration Group: nodir yer elementlarini ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik;
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi — Re Element Technologies: nodir metallar sohasida loyihalarni amalga oshirish;
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi — Flowserve: nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik;
Qishloq xo‘jaligi vazirligi — Valmont Industries Inc: suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;
Raqamli texnologiyalar vazirligi — Palo Alto Networks: sun’iy intellekt sohasida hamkorlikni kengaytirish;
UzAirways — Boeing: samolyotlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma;
Datacrop — Louis Dreyfus Company: soya dukkaklari va shrot yetkazib berish bo‘yicha shartnoma;
O‘zsanoateksport — Cargill: paxta yetkazib berish bo‘yicha shartnoma.

Kelishuvlar sanoat infratuzilmasini yangilash, qishloq xo‘jaligida resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish, raqamli xavfsizlik va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish, shuningdek eksport-import operatsiyalarini diversifikatsiya qilishga xizmat qilishi kutilmoqda.

 

 

 

 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version