Iqtisodiyot

Sanoat korxonalarining asosiy qismi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan

Published

on


2025 yil 1 noyabr holatiga respublikada faoliyat yuritayotgan 58,6 mingta sanoat korxonasining eng katta qismi – 11,7 mingtasi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasiga to‘g‘ri keladi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 noyabr holatiga O‘zbekistonda jami 58,6 mingta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda.

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida sanoat korxonalarining tarkibi quyidagicha shakllangan:


oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish – 11,7 mingta korxona;
boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish – 8,2 mingta korxona;
kiyim ishlab chiqarish – 5,8 mingta korxona;
tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish – 4,7 mingta korxona;
mebel ishlab chiqarish – 4,0 mingta korxona;
to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish – 3,6 mingta korxona;
rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish – 2,8 mingta korxona.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, sanoat tarkibida oziq-ovqat, qurilish materiallari (nometall mineral mahsulotlar) va yengil sanoat — kiyim va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishlari ustuvor o‘rinni egallab turibdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version