Jamiyat
Sankt-Peterburgdan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan aviareys kechiktiriladi
Aviaqatnov o‘zgartirilgan jadval bo‘yicha zaxira havo kemasida amalga oshiriladi.
Texnik sabablarga ko‘ra, faqat 9 iyun kuni Sankt-Peterburg—Toshkent yo‘nalishidagi HY634 aviaqatnovi kechiktiriladi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu aviareys o‘zgartirilgan jadval bo‘yicha zaxira havo kemasida amalga oshiriladi:
Sankt-Peterburgdan jo‘nab ketish — soat 23:00;
Toshkentga yetib kelish — ertasi kuni soat 05:50 (mahalliy vaqt ko‘rsatilgan).
«Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunishingizga umid qilamiz», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, may boshlarida Moskvaga uchgan Uzbekistan Airways reyslari zaxira aeroportlarga yo‘naltirilgan edi.