Jamiyat

Samarqandlik ayol erini qamoqdan chiqarish uchun aliment qarzini o‘zi to‘ladi

Published

on


Past Darg‘om tumanida aliment to‘lamaganligi uchun 15 sutkaga qamalgan er xotini qarzdorlikni o‘z hisobidan qoplagach, ozod etildi. Oila yarashib, farzandlar tarbiyasiga qaytgani aytilmoqda.

Past Darg‘om tumanida noodatiy holat qayd etildi. Bir xonadonda istiqomat qiladigan oilada ayol sud tartibida aliment undirgan. Navbatdagi janjaldan keyin er aliment to‘lanmagani uchun 15 sutkaga ma’muriy qamoq jazosiga tortildi.

Turmush o‘rtog‘isiz ro‘zg‘or yuritish mushkullashgach, ayol aliment bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq to‘lab berdi va beshinchi kuniyoq sudga murojaat qildi. Sud qarorni bekor qildi va er ozodlikka chiqarildi.

Hozirgi paytda tomonlar yarashgani, bolalar tarbiyasi bilan band ekani ma’lum qilingan. Bu haqda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi katta inspektori Jaloliddin Sherboyev axborot berdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version