Jamiyat

Samarqandga kirish 15 kunga yopiladi

Published

on


Samarqand shahriga kirish yarim oyga yopiladi. 

YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘tkazilishi munosabati bilan 30-oktyabrdan 14-noyabrga qadar Samarqandga kirish yo‘llari yopiladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ogohlantirdi.

Tranzit transport vositalari uchun aylanma yo‘nalishlar yaratilgan. Haydovchilarga aylanma yo‘l xaritalarini ko‘rish imkonini beruvchi QR-kodli flayerlar tarqatiladi.

IIV O‘zbekiston aholisi va mehmonlarini Samarqandga safarlarni imkon qadar keyinroqqa qoldirishga chaqirdi. 

Eslatib o‘tamiz, YuNESKO konferensiyasi 1985 yildan beri ilk bor Parijdan tashqarida o‘tkazilmoqda. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version