Siyosat

«Samarqanddan Peterburggacha» kreativ turistik yo‘lagi ishga tushiriladi

Published

on


«Hamkorligimizning gumanitar asosi sifatida turizmni alohida ko‘rsatib o‘tishni istar edim. Ushbu tarmoq ishonch iqtisodiyotini hammadan ko‘ra yaxshiroq shakllantiradi. 

Odamlar O‘zbekistonga kelar ekan, nafaqat tarixiy yodgorlik va shaharlarni, balki madaniyatni, mehmondo‘stlik, ishbilarmonlik muhiti va biznes uchun imkoniyatlarni ham ko‘radi. 2025-yilda mamlakatimizda qariyb bir million rossiyalik mehmon bo‘ldi, bu yil esa biz yanada ko‘proq sayyohni qabul qilishga tayyormiz. 

Buning uchun nafaqat turistik infratuzilmani, balki kreativ iqtisodiyotni ham rivojlantiryapmiz. 2030 yilga borib, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 5 foizni tashkil etadi. Bu esa ushbu ijodiy sohani iqtisodiy o‘sishning drayverlaridan biriga aylantiradi», – dedi davlatimiz rahbari. 

Hamkorlikning madaniy-gumanitar yo‘nalishini mustahkamlash maqsadida «Samarqanddan Peterburggacha» kreativ-turistik yo‘lagi loyihasini ishga tushirish taklif etildi. Ushbu tashabbus san’at va kino festivallari, muzey ko‘rgazmalari, gastronomiya haftaliklari va musiqiy tadbirlarni birgalikda tashkil etishni nazarda tutadi. 

Kecha Mariinskiy teatri va «Ermitaj» davlat muzeyida O‘zbekiston madaniyati va san’atiga doir loyihalar boshlandi.

«2026-yil mamlakatimiz uchun alohida ahamiyatga ega. Biz tizimli islohotlarning muhim marrasiga yaqinlashmoqdamiz. Bundan o‘n yil oldin ochiqlik, inklyuzivlik va pragmatizmga tayangan holda, Yangi O‘zbekistonni barpo etishni boshlagan edik. O‘tgan davrda uzoq muddatli o‘sish uchun mustahkam asos – qulay ishbilarmonlik muhiti, barqaror sanoat bazasi va yangi infratuzilma yaratildi. 

Iqtisodiyotimiz hajmi 50 milliard dollardan 147 milliard dollarga oshdi, joriy yil esa 8 foizdan yuqori o‘sishni prognoz qilmoqdamiz. Islohotlar boshlanganidan buyon mamlakatimizga 150 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiyalar jalb qilindi, minglab zamonaviy korxonalar ishga tushirildi. Tovar va xizmatlar eksporti qariyb 3 barobar oshdi. 

O‘zbekiston hatto hozirgi global beqarorlik sharoitida ham barqaror o‘sish dinamikasini namoyish etmoqda. Iqtisodiyotimiz yanada ko‘p qirrali bo‘lib bormoqda, ichki bozor kengaymoqda, zamonaviy texnologiyalar, infratuzilma va sifatli ish o‘rinlariga talab ortmoqda», – dedi Prezidentimiz.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version