Siyosat

Samarqandda YuNESKO sessiyasi, yuqori darajadagi tashriflar va iqtisodiy yig‘ilish — Prezidentning haftalik kun tartibi

Published

on


Bugun Shavkat Mirziyoyev joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2026 yilga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazadi.

Kunning ikkinchi yarmida prezident AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor boshchiligidagi delegatsiyani qabul qiladi.

Ma’lumki, O‘zbekiston tarixiy tadbir – YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini qabul qilmoqda. Prezident Samarqandga tashrif buyurib, ilk bor Parij shahridan tashqarida o‘tkazilayotgan anjumanning ochilishida ishtirok etadi, madaniyat, ilm-fan va ta’lim sohalaridagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha tashabbuslarni ilgari suradi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Bundan tashqari, joriy haftada mamlakatimizga Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb tashrif bilan keladi. Sammitlar doirasida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version