Jamiyat

Samarqandda xonadonda portlash sodir bo‘ldi

Published

on


Payariq tumanida sodir bo‘lgan hodisada 5 kishi – er-xotin va ularning 3 farzandi jarohatlangan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay xonadon egasi shifoxonada vafot etgan.

Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi xonadonlardan birida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 30 yanvar kuni yarim tunda tumanning Turkibola mahallasida sodir bo‘lgan. Oqibatda bir oilaning 5 a’zosi jarohatlangan.

2026 yil 14 fevral kuni Payariq tumani hokimining ushbu baxtsiz hodisa sabablarini o‘rganish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qarori qabul qilingan. Hujjatda keltirilishicha, portlashda 1987 yilda tug‘ilgan S.N., 1994 yilda tug‘ilgan V.F. hamda ularning 12 yoshli qizi, shuningdek, 9 va 1 yoshli o‘g‘illari kuyish tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, oila boshlig‘i S.N. kuyish va oyna siniqlaridan olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan. 

Hokim qarorida ishchi guruhga hodisa sabablarini o‘rganish, xususan, gaz jihozlari standart talablar asosida o‘rnatilganini aniqlash maqsadida “Payariqtumangaz” gaz ta’minotiga bo‘limidan ekspertlar jalb etish topshirilgan.

Avvalroq Ishtixon tumanidagi uyda gazballoni portlab, unda jarohatlangan 5 kishi shifoxonaga yotqizilgandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version