Jamiyat

Samarqandda ham o‘qituvchilar maktab ta’mirlashga jalb etildi

Published

on


Fotosuratlarda ayollar hayot uchun xavfli balandlikda ishlayotganini ko‘rish mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida o‘qituvchilar maktabni ta’mirlashga jalb etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Fotosuratlarda ayollarning hayot uchun xavfli balandlikda ishlayotganini ko‘rish mumkin.

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat 24-umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, boshqarma majburiy mehnatga jalb etish bilan bog‘liq har qanday holatni qoralaydi va o‘rganish natijalariga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Avvalroq, Andijon viloyati, Marhamat tumanidagi 42-maktab o‘qituvchilari ta’mirlash ishlariga majburiy jalb qilingani aniqlanib, direktor Z.Mamajonova ishdan bo‘shatilgan va 41 mln 200 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan edi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version