Mahalliy

Samarqandda ayol jiyanini 20 million so‘mga sotmoqchi bo‘ldi

Published

on


Kattaqo‘rg‘on tumanida ikki ayol voyaga yetmagan 15 yoshli bolani 20 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan  vaqtda ushlandi.

2025-yil 11-iyun kuni Samarqand tumani IIB tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv bo‘linmasi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ayollardan biri «SOS» O‘zbekiston bolalar mahallalari uyushmasi Samarqand filialida tarbiyalanyotgan jiyani uchun 20 million so‘m olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksi 135-moddasi 3-qismi, «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari  olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version