Jamiyat
Samarqand xalqaro aeroportiga kirishda Cobalt YTHga uchradi
Mashina haydovchisi tezlikni oshirib boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘ldagi skuterni ham urib yuborgan.
Samarqand shahri Ibn Sino ko‘chasi — aeroport hududida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan viloyat YHXB rasmiy munosabat bildirdi.
Hodisa 3 sentabr kuni soat 01:00 lar atrofida sodir bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, Cobalt haydovchisi tezlikni me’yoridan oshirib rul boshqaruvini yo‘qotgan. So‘ngra yo‘lda ketayotgan skuterni urib yuborib, aeroport kirish qismidagi avtomatik to‘siqqa borib urilgan.
Hodisa oqibatida skuter haydovchisi va yo‘lovchisi shifoxonaga murojaat qilgan.
Kun.uz’ga kelib tushgan avariyadan keyingi videolarda Cobalt haydovchisi ekanligi aytilayotgan erkak YPX xodimlari bilan muloqotda o‘zini juda g‘ayritabbiy holda tutgani ko‘rinadi.
Holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.