Jamiyat
Samarqand va Jizzaxda xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departamen
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.D.” xususiy korxonasi menejeri B.Sh. ikki nafar fuqaroni Slovakiyaga ishga yuborishi uchun ishchi vizasini olib berishini aytib, ulardan 7 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.B. ikki nafar fuqaroni Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborish uchun viza hujjatlarini tayyorlab berishi evaziga 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.