Siyosat
Saida Mirziyoyeva Yodgor Sa’diyevni tabrikladi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyevni tabrikladi.
PA rahbari O‘zbek milliy akademik drama teatrida «Adolat fasli» spektaklini tomosha qildi.
«Amir Temur hayotidan bir kun haqida hikoya qiluvchi kuchli sahna asari bo‘libdi. Bosh rolni kuni-kecha «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan Yodgor Sa’diyev ijro etdi. O‘zbekiston xalq artistini ko‘p yillik mehnatining yuksak e’tirofi hamda qutlug‘ sana — 80 yillik yubileyi bilan chin dildan tabriklayman», deydi Saida Mirziyoyeva.
Ijodiy jamoa Sohibqiron siymosini nafaqat ulug‘ hukmdor va sarkarda, balki, avvalo, beqiyos matonat egasi, metin irodali inson sifatida namoyon eta olgan.
«Biz bugun Milliy teatrimiz va unga hayotini bag‘ishlagan fidoyi insonlarning ulkan salohiyatini qalban his etdik», deya ta’kidlaydi Saida Shavkatovna.