Siyosat
Saida Mirziyoyeva YeXHT bosh kotibi bilan uchrashdi
Saida Mirziyoyeva YeXHT bosh kotibi Feridun Sinirlio‘g‘lu bilan uchrashuv o‘tkazdi.
U O‘zbekistonga yaqinda amalga oshirgan tashrifi hamda Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvini iliq samimiyat bilan yodga oldi. Shuningdek, YXHT O‘zbekistonning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini qayd etdi.
Suhbat chog‘ida transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt, yoshlar manfaatlarini himoya qilish, gender tengligi hamda sud-huquq islohotlari kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qilingan.