Siyosat
Saida Mirziyoyeva Vashingtonda Marko Rubio bilan uchrashdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Vashington shahrida AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan biznes-nonushta formatida uchrashdi.
Suhbat chog‘ida Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi yig‘ilishi natijalarini muhokama qilindi.
Shuningdek, iqtisodiy loyihalar portfeli izchil kengayib borayotganini qayd etildi.
«Strategik sherikligimizni yanada rivojlantirishga qo‘shayotgan katta hissasi uchun janob Davlat kotibiga o‘z minnatdorligimni bildiraman», deya ta’kidlaydi Saida Mirziyoyeva.
Avvalroq Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi ish boshlagani ma’lum qilingandi.