Jamiyat

Saida Mirziyoyeva Urgutning chekka hududidagi poliklinikani borib ko‘rdi

Published

on


Urgut tumanining «Bahrin» mahallasida joylashgan 21-sonli «Navoiy» oilaviy poliklinikasi kapital rekonstruksiyadan so‘ng mutlaqo yangi qiyofa kasb etdi. 

O‘zbekiston Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida mazkur tibbiyot maskanida amalga oshirilgan keng ko‘lamli qurilish va ta’mirlash ishlari, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. 

Loyiha doirasida poliklinikaning mavjud binosi to‘liq yangilanib, unga qo‘shimcha bino hamda zamonaviy talablarga javob beradigan 20 o‘rinli yangi tug‘ruq bo‘limi qad rostladi. 

Mazkur yangilanishlar hududdagi 13 mingdan ziyod aholining tibbiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga qaratilgan. Hozirda yangi binolarni zamonaviy tibbiy jihozlar va qo‘shimcha zarur anjomlar bilan to‘liq ta’minlash ishlari jadal olib borilmoqda. 

Ushbu maskanning foydalanishga topshirilishi nafaqat «Bahrin», balki unga tutash mahallalar aholisi uchun ham sifatli tibbiy xizmatdan bahramand bo‘lish imkoniyatini kengaytirdi.

«Bahrin»da  istiqomat qiluvchi Javlon Xaydarovning xonadoni tomorqadan unumli foydalanish va oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishda namuna bo‘lib kelmoqda. 

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Samarqand viloyatiga tashrifi davomida ushbu xonadon faoliyati bilan yaqindan tanishib, yerdan oqilona foydalanish borasidagi namunali tajribani ko‘zdan kechirdi. 

0,38 gektar maydonga ega bo‘lgan ushbu tomorqada chorvachilik va parrandachilik tarmoqlari tizimli tashkil etilib, bugungi kunda 15 ta qoramol, 21 ta qo‘y va 2 500 ta tovuq parvarishlanmoqda. Shuningdek, bir yilda 2-3 marotaba hosil olish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tomorqada 7 turdagi poliz mahsulotlari yetishtirilmoqda.

Mazkur serqirra faoliyat natijasida xonadon egalari yiliga 300-350 million so‘m miqdorida barqaror daromad olishga muvaffaq bo‘lmoqdalar. Muhimi, ushbu kichik xo‘jalik nafaqat oilaning iqtisodiy farovonligini ta’minlamoqda, balki 4 nafar fuqaroning ish bilan bandligini ham tashkil etgan.

Tashrif davomida Javlon Xaydarovning mehnatsevarligi va yerning har bir qarichidan unumli foydalanish borasidagi yondashuvi aholi farovonligini oshirishda o‘ziga xos tajriba maktabi ekanligi ta’kidlandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version