Jamiyat

Saida Mirziyoyeva tungi ekoreydda ishtirok etdi

Published

on


Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Maxsus komissiya yig‘ilishidan so‘ng mutasaddilar bilan birgalikda ekologiyani zararlayotgan issiqxonalarni tekshirish bo‘yicha tungi reydga chiqdi.

U shunday issiqxonalardan birining rahbariga qilayotgan ishi noto‘g‘ri ekanini tushuntirib, buni to‘xtatishni buyurgan.

«Bu noto‘g‘ri, noqonuniy. Siz tirikchilik qilyapsiz, biz esa shu havodan nafas olyapmiz. To‘xtatinglar… Biz uchun odamlarning sog‘ligi, bolalarimizning sog‘ligi juda muhim», degan prezident administratsiyasi rahbari.

Maxsus komissiyaning bugungi yig‘ilishida ekologik vaziyat hamda uni yaxshilash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar bir martalik yoki vaqtinchalik aksiya emasligi, bundan keyin, garchi havo yaxshilangan taqdirda ham, mazkur yo‘nalishdagi ishlar to‘xtab qolmasligi, izchil hamda tizimli davom etishi, buni barcha bo‘g‘indagi rahbarlar to‘g‘ri anglashi kerakligi qat’iy ta’kidlangandi.

«Millat salomatligi prezidentimiz uchun ustuvor vazifa, muammo uzil-kesil hal bo‘lmaguncha to‘xtamaymiz», – degan yig‘ilishda Saida Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida havo ifloslanishi kuchayishi fonida bir hafta oldin, 24 noyabr kuni Saida Mirziyoyeva ma’muriyat va mas’ul idoralar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazib, vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni muhokama qilgandi. Shu kuni prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan ushbu chora-tadbirlar tasdiqlandi va maxsus komissiya tuzildi.

Maxsus komissiya tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida har kuni havoni ifloslayotgan shunday obektlar bo‘ylab reydlar o‘tkazib kelinmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version