Sport

Saida Mirziyoyeva Nukusdagi Sport gimnastikasi maktabiga tashrif buyurdi

Published

on


Prezident Administratsiyasi rahbari yangi maktab yoshlarning professional sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirishini ta’kidladi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nukusdagi Sport gimnastikasi maktabiga tashrif buyurdi.

«Nukusda Sport gimnastikasi bo‘yicha respublika maktabi o‘z faoliyatini boshladi. Bu sportning gimnastika turlarini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturini amalga oshirishdagi muhim qadamdir.

Ishonchim komil, yangi maktab yoshlarning professional sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytiradi, iqtidorli gimnastikachilarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashadi hamda yurtimizda kuchli sport zaxirasini shakllantiradi. Bu esa, o‘z navbatida, milliy gimnastikaning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version