Siyosat
Saida Mirziyoyeva Fransiyaning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi
Siyosat | 23:11
62
1 daqiqa o’qish
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva MEDEF xalqaro ishbilarmonlar kengashining O‘zbekiston-Fransiya kengashi raisi, Orano direktorlar kengashi raisi Klod Iauven boshchiligidagi Fransiyaning yirik kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi.
Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
“Biz energetika, taʼlim, suv taʼminoti, transport va shahar infratuzilmasi kabi muhim sohalarda hamkorlikni kengaytirish tarafdorimiz”, — deyiladi Mirziyoyeva Telegram’dagi bayonotida.
U, shuningdek, uchrashuv Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan so‘nggi muloqotdan so‘ng bo‘lib o‘tganini qo‘shimcha qildi.