Siyosat
Saida Mirziyoyeva Buxorodagi tadbirda Prezident murojaatini o‘qib eshittirdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Osiyo xotin-qizlari ikkinchi forumida Prezident murojaatini o‘qib eshittirdi.
Bugun Buxoroda Osiyo xotin-qizlari ikkinchi forumi o‘z ishini boshladi.
Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining anjuman ishtirokchilari — butun Osiyodan jam bo‘lgan yetakchi ayollarga: siyosatchi, tadbirkor, olima va ekspertlarga yo‘llagan murojaatini o‘qib eshittirdi.
Prezident murojaatida forum qatnashchilarining yuksak kasbiy mahorati, boy bilim va tajribasi nafaqat mintaqamizda, balki butun dunyoda xotin-qizlarning huquq hamda manfaatlari himoyasiga samarali xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.